Sartaroshxonaga o‘g‘irlikka tushgan shaxs qo‘lga olindi.
Joriy yil 3 aprel kuni Namangan shahrida yashovchi, 1984 yilda tug‘ilgan ayol IIBga ariza bilan murojaat qilib, unda shu kuni soat 17:00 larda, yashash uyi oldida joylashgan sartaroshxonasining eshigi ochiq qolganligidan foydalangan noma'lum shaxs, u yerda bo‘lgan 5.500.000 so‘m pul va narxi 200.000 so‘mlik 1 dona qaychisini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.
Namangan shahar Yangi Namangan tuman IIB JQB tezkor vakillari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni Namangan shahar Guliston MFYda yashovchi, 1972 yilda tug‘ilgan fuqaro sodir etganligi aniqlangan. Daliliy ashyo olingan.
Ushbu holat bo‘yicha shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan O‘z.R JKning 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati