8 Yanvar 2024 yil 3148

Sayyor o‘quv yig‘ini ishtirokchilari uchun yakuniy imtihonlar o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2021-yil 27-avgustdagi “Ichki ishlar organlarida uzluksiz o‘quv-karyera jarayoni tizimini tashkil etish to‘g‘risida”gi 310-son buyrug‘iga muvofiq hamda Namangan viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining joriy yil 10-dekabrdagi 253-son buyrug‘iga asosan, viloyat Ichki ishlar organlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri tanlov asosida qabul qilingan xodimlar bilan boshlang‘ich kasbiy tayyorgarlik o‘quv yig‘inlari boshlangan edi.

Mazkur yig‘in Namangan viloyati Mudofaa ishlari boshqarmasi huzuridagi chaqiriluvchilarni harbiy texnika mutaxassisliklari bo‘yicha tayyorlash markazida tashkil etilgan mazkur o‘quv yig‘ini yakuniga ko‘ra, xodimlardan o‘quv mashg‘ulotlari davomida bilim va amaliy ko‘nikmalarni qay darajada egallaganliklarini aniqlash maqsadida, sinovlar qabul qilindi.

Dastlab xodimlardan xizmat, maʼnaviy-maʼrifiy, axborot texnologiyalari yo‘nalishlari hamda xizmat intizomi kodeksini qay darajada o‘zlashtirganliklarini aniqlash maqsadida test sinovlari olindi. Shundan so‘ng, jangovar tayyorgarlik mashg‘ulotlari bo‘yicha o‘q otish tayyorgarligidan elektron-simulyatsion o‘q otish tirida sinovlar qabul qilindi. Jismoniy tayyorgarlik yo‘nalishi esa xodimlarning chaqqonligi, tezkorligi va chiniquvchanligini yana bir bor sinovdan o‘tkazdi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech