Sayyor qabuldagi murojaat ijrosi
Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazakovning Norin tumanida o‘tkazgan sayyor qabulida Namangan shahar "Boburshox" MFY Shoximardon ko‘chasi 1-uyda yashovchi 1-guruh nogironi 1990 yilda tug‘ilgan Bo‘taboev Abduvahob Karim o‘g‘li aravacha bo‘yicha murojaat qilgan edi.
Ushbu murojaat Namangan viloyati IIB boshlig‘i 3-sektor rahbari polkovnik Adil Ataxodjaev tashabbusi bilan nazoratga olindi, nogironligi bo‘lgan shaxsning oilaviy ahvoli, yashash sharoiti o‘rganildi.
Bugun viloyat IIB boshlig‘i, 3-sektor rahbari tomonidan Abduvahob Bo‘taboevga zamonaviy tez yurar elektro mobilli nogironlar aravachasi, ikki nafar qizlariga maktab sumkasi va o‘quv qurollari hamda oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berildi.
Abduvahob Bo‘taboev yurtimizda kam ta'minlangan, oilaviy sharoiti og‘ir va nogironligi bo‘lgan shaxslarga qaratilayotgan e'tibordan hursandligini bildirib, ushbu savobli ishga qo‘l urgan sektor rahbari va shaxsiy tarkibga minnatdorchilik izhor qildi.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati