“Saхovat uyi”da bayram shukuhi.
O‘zbek xalqi yaqinlarga bo‘lgan mehr oqibati, mehmondo‘stligi milliy urf-odatlari bilan boshqa tavlatlardan ajralib turadi. Ayniqsa bayram arafalarida nafaqat yaqinlar balki ko‘ngli o‘ksik bolajonlar, mehrga zor insonlar holitdan xabar olish ham millatimizga hos bo‘lgan an'analardan biridir.
Yangi yil bayrami kirib kelayotgani munosabati bilan Namangan viloyati IIB PPX va JTSB PPXB jamoasi tomonidan ham ushbu an'anaga sodiq qolgan holda Namangan shahridagi keksalar va nogironlar sahovat uyiga tashrif uyushtirildi.
Xodimlar otaxon va onaxonlarning duolarini olib ular bilan samimiy suhbat qurishdi. So‘ngra bayram dasturxoni tashkil etib, ularga yangi yil sovg‘alari taqdim etildi. Kichik e'tibordan boshi ko‘kka yetgan keksalarimiz yurtimiz tinch, bayramlar ko‘p bo‘lishini tilab duoga qo‘l ochishdi.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati