26 Iyun 2021 yil
411
Rossiyadan ushlangan qidiruvdagi shaxs Namangan shahar IIO FMB VSHga joylashtirildi.
Shu yil 21 iyun' kuni o‘tkazilayotgan “Qidiruv” tadbiri davomida, O‘z.R JKning 169-moddasi 3-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etib, qidiruvda bo‘lgan, Yangiqo‘rg‘on tumanida yashagan, 2019 yilda O‘z.R JKning 169-moddasi 3-qismi bilan sudlangan, 1995 yilda tug‘ilgan fuqaro viloyat IIB JQB xodimlari tomonidan yuborilgan qidiruv topshirig‘iga asosan, Rossiya Federatsiyasi Kostroma viloyatidan ushlanib, Rossiya Federatsiyasi Bosh Prokuraturasining rozilik xati va Minsk konvensiyasiga asosan Moskva shahridan etap qilinib, Namangan shahar IIO FMB VSHga joylashtirilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati