18 Avgust 2025 yil
102
O‘g‘rining qo‘l barmoq izlari fosh etdi
Joriy yilning 25-iyul kuni Namangan tumani, “Namuna” mahallasida yashovchi, 1982-yilda tug‘ilgan, fuqaro M.Feruzaning yashash uyidan shu yil 20-iyul kunidan 25-iyul kuniga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida umumiy narxi 36.720.000 so‘mlik tilla-taqinchoqlarini nomaʼlum shaxs o‘g‘irlab ketgan.
Ushbu holat yuzasidan Namangan tumani IIB Ekspert kriminalistika guruhi xodimlari tomonidan 3 dona yaroqli qo‘l-barmoq izlari olinib, viloyat IIB EKMda mavjud bo‘lgan “Shaxsni avtomatlashtirilgan identifikatsiya qilish tizimi” orqali tekshirilganda, nomaʼlum shaxs Namangan tumani, “Namuna” mahallasida yashovchi 2000-yilda tug‘ilgan fuqaro X.A ekanligi aniqlangan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati