RESPUBLIKAMIZ HUDUDIDA 12 OY ICHIDA SAMOLYOT BORTIDA CHEKKANI UCHUN 28 NAFAR SHAXSLAR JAVOBGARLIKKA TORTILDI.
Respublikamiz hududida havo kemalarida tamaki mahsulotlari isteʼmol qilgani uchun 28 nafar yo‘lovchilar maʼmuriy javobgarlikka tortildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Transportda XTBB tergovchisi Nozim G‘ulomov maʼlum qildi.
Jumladan, joriy yilning 5 oyi davomida havo kemalarida sodir etilgan huquqbuzarliklar bo‘yicha tizimli tahlil olib borilib, natijasiga ko‘ra, yo‘lovchilar tomonidan havo kemalarida o‘zini tutish qoidalarini buzish holatlari ko‘p kuzatilayotganligi aniqlandi. Qayd etilgan davr davomida Samolyotlarda tamaki mahsulotlarini isteʼmol qilganligi uchun 28 nafar yo‘lovchilar Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 122-moddasiga asosan javobgarlikka tortilib, ularga nisbatan 15 120 000 so‘m miqdorida jarima jazosi qo‘llanilgan.
Nozim G‘ulomovning qo‘shimcha qilishicha, havo kemalarida o‘zini tutish qoidalarini buzish - parvozlar xavfsizligini xavf ostiga qo‘yishi, favqulodda vaziyatlarga olib kelishi mumkinligini inobatga olinib, yo‘lovchilarga tushintirish ishlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Transportda XTBB tergovchisi Nozim G‘ulomov
Namangan viloyati IIB TXTB TG katta tergovchisi Q.A.Abdurahmonov