Respublika ishchi guruhining Chortoq tumanidagi o‘rganishlari
Dastlab Ichki ishlar vazirligi masʼul xodimi Asqarali Boynazarov ishtirokida tumandagi 57 ta mahallada ish faoliyat olib borayotgan yoshlar yetakchilari va hokim yordamchilari bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.
Tuman hokimi Anvarjon Otaxodjayev, sektorlar rahbarlari, tegishli mutasaddilar qatnashgan uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 19 yanvardagi 92-sonli qarori ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar, jumaladan, ish hujjatlarining yuritilishi, onlayn platforma orqali ishlash, profilaktika inspektorlari bilan hamkorlik va boshqa muhim masalalar xususida so‘z yuritildi.
Shundan kelib chiqib, yoshlar yetakchilarining ish samaradorligini oshirish zarurligi taʼkidlanib, kelgusi vazifalar belgilab berildi.
Shundan so‘ng mahallalarda yoshlar bilan ishlash masalalarini muvofiqlashtirish bo‘yicha Chortoq tuman shtabi faoliyati o‘rganildi.
Chortoq tuman davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i, mutasaddi rahbarlar ishtirokida 4-sektor hududidagi mahallalarda faoliyat olib borayotgan yoshlar yetakchilariga sport jihozlarini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Albatta, bu kabi eʼtibor yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatlarini namoyon qilishlari, eng asosiysi mahallalarda sog‘lom turmush tarziga erishishga xizmat qiladi.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati