Rastadagi sumkani o‘g‘irlagan shaxs qo‘lga olindi
Joriy yil 26 mart kuni viloyat hududida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi va IIVning 2021 yil 20 fevraldagi qo‘shma farmoyishiga asosan o‘tkazilayotgan “Zarbdor oyligi” va “Antiterror-Tozalash” tadbirlari davomida, tuman IIB JQB boshlig‘i, tezkor vakillar va HPB profilaktika inspektori tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, shu yil 16 mart kuni soat 13:00 larda, Mingbuloq tumanida yashovchi, 1993 yilda tug‘ilgan ayolni To‘raqo‘rg‘on tumanida joylashgan dehqon bozorida savdo qilayotgan vaqtida savdo rastasi ustida qarovsiz qoldirgan ayollar sumkasi va uning ichida bo‘lgan 5.500.000 so‘m pullarini hamda ikki dona bank plastik kartalarini o‘g‘irlab ketgan shaxs, shu tumanda yashovchi 1982 yilda tug‘ilgan fuqaro ekanligi aniqlangan va undan daliliy ashyo (1 dona ayollar sumkasi va AT Agro bank va DT Halq bankiga tegishli bo‘lgan plastik kartalar hamda 5.500.000 so‘m pullar) olingan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati