Rasmiy munosabat: Surishtiruv ishlaridan so‘ng xo‘roz o‘yini to‘xtatilgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda “Namangan viloyati Uychi tumanida noqonuniy xo‘roz urishtirish orqali qimor o‘yini tashkil etilmoqda. 2020 yilda qimor ortidan nizo kelib chiqib otishma ham sodir bo‘lgan edi. Fojiaga qaramay qimor hali ham davom etmoqda...” izohi bilan tarqalgan videoxabar yuzasidan Namangan viloyati IIBning rasmiy munosabati.
Ushbu video material bo‘yicha surishtiruv ishlari olib borilganda quydagilar aniqlandi.
Fuqaro A.S.ga 2018 yil Namangan viloyati xokimligining qarori, Uychi tuman xokimligining qarori bilan Uychi tumanidagi jami 0.50 ga yer maydoni “Kichik otxona va yem xashak saqlash ombori, milliy o‘yinlar o‘tkazish” uchun ajratilgan bo‘lib, 14.08.2018 yil kuni Namangan viloyati yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastr davlat korxonasi Uychi tuman filiali tomonidan kadastr ishi ko‘rib chiqilib ko‘chmas mulk xisobida rasmiylashtirib berilgan.
Ushbu yer maydonida milliy o‘yinlar o‘tkazish uchun 0.10 ga aylana shaklidagi yopiq bino va 0.05 ga esa otlar uchun yem-xashak saqlash uchun binolar qurilgan bo‘lib, xozirda otxona qurish uchun yer maydoni ajratilib tayyorgarlik ishlari olib borilayotganligi aniqlandi.
Shuningdek, A.S. joriy yilning mart oyida ushbu hududni 9 oy muddatga fuqaro S.D.ga “Ko‘chmas mulk ijara shartnomasinini xisobga qo‘yilganligi haqida bildirishnoma” orqali o‘tkazib berganligi aniqlandi.
Shu yilning 9 aprel' kuni internet ijtimoiy tarmog‘ida e'lon qilingan maqola yuzasidan MChJning faoliyati tuman XMQOlari bilan hamkorlikda xizmat faoliyatini qonuniy yoki noqonuniy olib borilayotganligini tekshirish yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilib, ushbu xududda xo‘roz o‘yini o‘tkazish mumkin emasligi tushuntirilgan va o‘yinlar to‘xtatilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati