5 Iyul 2021 yil 1010

Rasmiy munosabat: Haydovchi qoida buzgan va qonuniy talabga bo‘ysunmagan.

Joriy yilning 5 iyul' kuni ijtimoiy tarmoqlarda "Chortoq tumanida GAI, PPS va haydovchi o‘rtasida tortishuv yuzaga kelgani aytilmoqda" izohi bilan tarqalgan videolavha yuzasidan Namangan viloyati IIBning rasmiy munosabati.

Joriy yil 4 iyul' kuni soat 16:30 larda, Chortoq tuman IIB xodimlari tumandagi “Dehqon bozori”da jamoat tartibini saqlash uchun jalb etilib, xizmat olib borayotgan vaqtlarida,

shu tumanda yashovchi, 1992 yilda tug‘ilgan fuqaro T.E. o‘ziga tegishli bo‘lgan Kobal't rusumli avtomashinasini to‘xtash mumkin bo‘lmagan joyga ya'ni  markaziy chorraha o‘rtasiga to‘xtatib, avtomashinalar harakatiga xalaqit bergan. Shu hududda xizmat olib borayotgan, Chortoq tuman IIB YHXG katta inspektori tomonidan uning oldiga kelib ushbu harakatlari bilan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 128-moddasi 6-qismini buzganligini tushuntirilib, unga nisbatan ma'muriy bayonnoma tuzish aytilganida, fuqaro xodimning qonuniy talablarini bajarmay avtomashinaga tegishli bo‘lgan hujjatlarni taqdim etmasdan, baqir-chaqir qilib, hududga fuqarolarni to‘planishiga va hodisa ijtimoiy tarmoqqa tarqalishigi sababchi bo‘lgan.

Ushbu holat yuzasidan Chortoq tuman IIB HPMB TP profilaktika inspektori tomonidan fuqaroga nisbatan O‘z.R MJtKning 183,194,128-moddasi 6-qismi bilan ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech