16 Iyul 2021 yil 1133

Rasmiy munosabat: Foxishaxona tashkil etgan ayolga nisbatan ayblov xulosasi sudga yuborilgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda "Namangan viloyati IIB boshlig‘i A.I.Ataxodjev nomiga kelgan murojaat" sarlavhasi bilan Namangan shahar Davlatobod tumanida joylashgan 4-kichik tumandagi foxishabozlik holati haqida bayon etilgan xabar yuzasidan Namangan viloyati IIBning rasmiy munosabati.

Xabarda nomi keltirilgan fuqaro M.Sh. 1986 yilda tug‘ilgan, 2 nafar farzandi bor, muqaddam 10.05.2017 yilda JIB Namangan shahar sudi tomonidan JKning 131-moddasi 4-qismi “b” bandi bilan 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlangan, 24.01.2019 yilda Zangiota tuman sudi tomonidan o‘talmay qolgan 3 yil 3 oy 16 kun muddatga ahloq tuzatish jazosiga almashtirilgan, Davlatobod tuman, “Xalqlar do‘stligi” MFY, 4-kichik tumanda yashab kelayotgan ushbu ayol avvalgi xatolaridan o‘ziga tegishli xulosa chiqarmay, xavfli residivist bo‘la turib, g‘arazli yoki boshqa past niyatlarda foxishaxona tashkil qilib, quyidagi holatda jinoyat sodir etgan.

Jumladan, u Namangan shahrida o‘tkazilayotgan "Oriyat" tadbiri davomida, 2021 yil 30 aprel' kuni soat taxminan 17:30larda o‘zi yashab kelayotgan xonadonida 100.000 (yuz ming) so‘m evaziga Chortoq tumanida yashovchi A.T. va Z.O. bilan jinsiy aloqada bo‘lishlari uchun foxishaxona tashkil etganligi aniqlangan.

Mazkur xolat yuzasidan 2021 yil 01 may kuni Namangan shahar, Davlatobod tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan M.Sh.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 131-moddasi 4-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va tergov xarakatlari olib borilib, 2021 yil «29» may  kuni sudga yuborilgan.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech