Rasmiy munosabat: Ayolga xorijga chiqish biometrik pasporti rasmiylashtirilgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda xorijga chiqish biometrik pasportini olishga qiynalayotgan ayolning murojaati yuzasidan Namangan viloyati IIBning rasmiy munosabati.
1971 yilda Sirdaryo viloyatida tug‘ilgan U.O. 2021 yil 14 iyun' kuni Namangan shahar IIO FMB MvaFRBga xorijga chiqish biometrik pasporti olish uchun ariza bilan murojaat qilgan. Shu kuni ayolning ma'lumotlari Vazirlar maxkamasi xuzuridagi Davlat personallashtirish markaziga yuborilgan, 26.12.2018 yil kungi “O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish va berish tizimini yaratish hamda O‘zbekiston Respublikasi biometrik pasport tizimini modernizasiya qilishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risi”dagi PQ-4079-sonli qaroriga asosan arizada so‘nggi 5 yildagi mexnat faoliyati ko‘rsatilishi belgilab qo‘yilganligi, lekin fuqaro U.O. arizasida ishlamaganligini ko‘rsatganligi sababli tekshiruv davomida xujjatlar DPMda to‘xtab qolgan, shu sababli fuqaro bilan gaplashib, so‘nggi 5 yildagi mexnat faoliyati to‘liq kiritilgandan so‘ng 2021 yil 6 iyul' kuni arizasi qayta shakllantirilgan.
2021 yil 14 iyul' kuni xorijga chiqish biometrik pasporti rasmiylashtirilgan va tayyor bo‘lgan xorijga chiqish biometrik pasporti 2021 yil 17 iyul' kuni Namangan shahar IIO FMB MvaFRBga kelgan.
2021 yil 19 iyul' kuni Namangan viloyati MvaFRB bo‘limi boshlig‘i tomonidan telefon orqali fuqaro U.O.ga tayyor bo‘lgan pasportini olib ketishini aytilganda hozirda vaqti yo‘qligi bo‘sh vaqtida olib ketishini ma'lum qilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati