30 Sentyabr 2020 yil 882

Rasmiy munosabat.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan “Ma'muriy bayonnoma tuzgan uchastka noziri xujjatlarni oxirigacha o‘qishga ham qo‘ymadi” nomli videomurojaat yuzasidan Namangan viloyati IIBning rasmiy munosabati.

Shu yil 27 sentyabr', yakshanba kuni Chust tumani “Dexqon bozori” hududida jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini ta'minlash va karantin qoidalariga amal qilinishini nazorat etish, tuman hokimi raisligida o‘tgan komissiyaning 10.08.2020 yil kunidagi “tumanda koronovirus infeksiyasi tarqalishini oldini olish borasida ko‘rilayotgan chora tadbirlar hamda aholining sanitariya-epidimologik osoyishtaligini ta'minlash uchun ko‘rilishi lozim bo‘lgan qo‘shimcha choralar to‘g‘risida”gi 12-sonli bayoni ijrosini ta'minlash maqsadida hamda tuman IIB boshlig‘i tomonidan tasdiqlangan reja taqsimotga asosan xizmatga jalb etilgan Chust tumani IIB 4-sonli IIB HPG TP profilaktika inspektorlari bozor hududida xizmat olib borayotgan vaqtida soat 11-08da karantin vaqtida tibbiy niqob taqmasdan harakatlanib kelayotgan fuqaroga nisbatan profilaktika inspektori tomonidan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 54-modda 1-qismiga asosan ma'muriy bayonnomasini MJtKning 294-moddasi (“Huquqbuzarlik sodir etgan shaxsga o‘z xuquqlari bilan tanishtirilganligi to‘g‘risi”da) talablari asosida huquqlari bilan tanishtirilib bayonnoma rasmiylashtirgan.

Mazkur jarayonda fuqaroga profilaktika inspektori tomonidan huquqlari bilan tanishganligi yuzasidan o‘zining shaxsiy imzosi bilan munosabat bildirganligi, shunday bo‘lsada fuqaro “menga huquqlarimni tushuntirmayapsiz”- deb profilaktika inspektoriga e'tiroz bildirib, bu holatni o‘zining uyali aloqa telefoni orqali tasvirga olgan.

Shu o‘rinda internet foydalanuvchilariga murojaat qilmoqchimiz. Asl holat haqida rasmiy ma'lumotga ega bo‘lmay turib, xulosa qilishga shoshilmang. O‘z qo‘li bilan bayonnomani imzolagandan so‘ng inspektorni tasvirga olib, uni ommaga tarqatgan fuqaroning ishini esa oqlab bo‘lmaydi.

Hurmatli hamyurtlar, o‘z salomatligingizga befarq bo‘lmang! Karantin cheklovlari yumshatildi, biroq tugamadi. Ko‘chada harakatlanganda tibbiyot niqoblaridan foydalaning!

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech