17 Aprel 2021 yil 807

Rasmiy munosabat: “Suv ta'minoti” korxonasi rahbariga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

“Kosonsoyda amaldor mollarini boqishni istamagan xodimini o‘lasi qilib kaltakladi” izohi bilan tarqalgan xabar yuzasidan Namangan viloyati IIBning rasmiy ma'lumoti.
Kosonsoy tumani “Guliston-1” MFYda yashovchi A.E. joriy yilning 7 aprel' kuni tuman IIB boshlig‘i nomiga ariza bilan murojaat qilib, unda shu kuni ish joyi ya'ni Kosonsoy tumani “Suv ta'minoti” korxonasiga borganligini, korxona raxbari M.K. uni xonasiga chaqirganligi va unga oylik ish haqlarini bermaganligi sababli Namangan viloyati “Suv ta'minoti” boshqarmasiga ariza bergan xodimlar orasida u ham bo‘lganligi uchun uni ishdan bo‘shatishini bildirganligini va shu kuni soat 12:00larda ishxonasida ovqatlanib o‘tirgan vaqtida M.K., uning ukasi, o‘g‘li va yana bir kishi bilan kirib kelib, hali ham ketmaganligini aytib, o‘zaro gap tortishgani, shundan so‘ng qo‘li bilan bosh, bel, oyoq qismlariga urib, tan jarohati yetkazganligini ma'lum qilib, mazkur holat yuzasidan qonuniy chora ko‘rilishini so‘ragan.
O‘zbekiston Respublikasi sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi Namagan viloyat filialining 12.04.2021 yilda bergan xulosasida A.E.ning tan jarohatlari og‘irlik darajasi bo‘yicha sog‘lig‘ini buzilishiga sababchi bo‘lgan yengil tan jarohati guruxiga kirishi, ushbu jarohatlar joylashgan o‘rni va hususiyatiga ko‘ra, o‘zi yiqilib tushishi natijasida olishi ehtimoli kamligi ko‘rsatilgan.
Mazkur xolat bo‘yicha fuqaro M.K.ga nisbatan 14.04.2021 yilda O‘zbekiston Respublikasi JKning 109-modda 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech