3 Aprel 2021 yil 360

Quritish uchun ilib qo‘yilgan kiyimlar o‘g‘irlab ketildi.

Joriy yil 29 mart kuni, Yangiqo‘rg‘on tumanida yashovchi 1968 yilda tug‘ilgan ayol ariza bilan murojaat qilib, shu kuni soat 15:00 dan soat 22:30 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida noma'lum shaxs, ko‘p qavatli uyning tashqi tomonida joylashgan sport maydonchasiga quritish uchun osib qo‘ygan umumiy narxi 500.000 so‘mlik ayollar kiyim-kechaklarini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.
Tuman IIB JQB tezkor vakili, HPB profilaktika inspektorlari hamda Navbatchilik qismi navbatchisi va navbatchi yordamchilar tomonidan olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni, Yangiqo‘rg‘on tumanida yashovchi 1979 yilda tug‘ilgan sodir etganligi aniqlangan. Daliliy ashyo olingan.
Ushbu holat bo‘yicha tuman IIB TB tomonidan 2021 yil 31 mart kuni O‘z.R JKning 169-moddasi 1-qismi bilan 142421/2021-72-sonli jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech