17 Fevral 2022 yil 478

Qurilishi tugallanmagan mehmonxonaga o‘g‘ri tushdi

2022 yil 12 fevral kuni Pop tumanida yashovchi, 1984 yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, shu yil 11 fevral kuniga o‘tar kechasi noma'lum shaxs, Pop tumani Qo‘shminor MFY hududida joylashgan qurilishi yakunlanmagan mehmonxonasidan umumiy narxi 9.669.500 so‘mlik 159 dona 16 mm hajmli armaturalari va 2 dona projektorlarini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.

Pop tuman IIB JQB tezkor vakillari, MG Pop tumani QB xodimi va XPMB profilaktika inspektori tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni Pop tumanida yashovchi, 1999 yilda hamda 1996 yilda tug‘ilgan fuqarolar sodir etganliklari aniqlangan. Ulardan daliliy ashyo olingan.

Ushbu holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan O‘z.R JKning 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech