Quloqdagi zirakni o‘g‘irlagan qiz ushlandi.
Joriy yil 25 mart kuni, Namangan tumanida yashovchi 2003 yilda tug‘ilgan qiz ariza bilan murojaat qilib, unda shu kuni soat 12:00 dan soat 14:00 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida Namangan shahar Sharq Tongi mahallasi hududida joylashgan “Z.M.Bobur” nomli istirohat bog‘ida aylanib yurgan vaqtida noma'lum shaxs, qulog‘ini bir tomonidagi narxi
2.500.000 so‘mlik tilla baldog‘ini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.
Viloyat hududida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi va IIVning 2021 yil 20 fevraldagi qo‘shma farmoyishiga asosan o‘tkazilayotgan “Zarbdor oyligi” va “Antiterror-Tozalash” tadbirlari davomida, Namangan shahar IIO FMB 3-sonli IIB JQB tezkor vakillari va HPG profilaktika inspektori tomonidan olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni, Namangan shahar Guliston MFYda yashovchi 2003 yilda tug‘ilgan qiz sodir etganligi aniqlangan va undan daliliy ashyo olingan.
Ushbu holat bo‘yicha Namangan shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 26 mart kuni O‘z.R JKning 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati