23 Mart 2021 yil 847

Quloqchin taqib yurgan bolani poezd urib ketdi.

Joriy yil 21 mart kuni soat 11:40 larda, Namangan shahar Davlatobod tumani Elabod mahallasidan o‘tgan Rovuston-Namangan temir yo‘l oralig‘ini 88 km. 6-piketida, Rovuston bekatidan-Namangan bekatiga harakatlanib ketayotgan, Qo‘qon lokomativ deposi mashinist bo‘lib ishlovchi, Farg‘ona viloyatida yashovchi, 1972 yilda tug‘ilgan fuqaro teplovozni 6 dona vagon bilan boshqarib ketayotgan vaqtida, kuloqchindan foydalangan holda temir yo‘l izidan ketayotgan, Namangan shahar Davlatobod tumanida yashovchi, 2002 yilda tug‘ilgan fuqaroni urib yuborgan.

Natijada, fuqaro bosh miya lat yeyishi, jag‘ suyagini sinishi, o‘ng qo‘li lat yeyishi tashxisi bilan RShTYoIM Namangan filialiga yotqizilgan.

Ushbu holat bo‘yicha Namangan viloyat IIB Transportda XTB TG tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech