Qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi tugatildi.
Yoshlar ishlari agentligi Namangan viloyat boshqarmasi tomonidan Gulsanam Alijonovaning jinoyat ishi yuzasidan viloyat prokuraturasiga jazoni yengillashtirish bo‘yicha amaliy yordam so‘rab murojaat etilgan.
Shuningdek, Yoshlar ittifoqi Norin tuman kengashi Gulsanamning jamoat ishlarida faolligi, 2019 yildan buyon volontyor sifatida faoliyat yuritishi va sportdagi yutuqlarini inobatga olib, qayta jinoyat sodir etmasligi bo‘yicha kafillikka olgan.
Shunga ko‘ra Norin tuman IIB huzuridagi TB tomonidan JPKning 84-moddasi, 5-qismi, 2-bandiga asosan, Gulsanam Alijonovaning muqaddam sudlanmaganligi, qilgan ishidan pushaymonligi, jabrlanuvchilarning da'vosi yo‘qligi, sodir etgan harakati uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyatlar turiga kirishi, shuningdek, Yoshlar ittifoqi kafilligini inobatga olib, ayblilik to‘g‘risidagi masalani hal qilmay turib, jinoyat ishini tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilingan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati