Qo‘yni o‘g‘irlab ketgan maktab o‘quvchilari qo‘lga olindi.
Joriy yil 6 fevral' kuni Namangan shahrida yashovchi fuqaro shahar IIO FMBga ariza bilan murojaat qilib, unda shu yil 3 fevral' kuniga o‘tar kechasi noma'lum shaxs yashash uyi hovlisiga tomorqa eshigidan kirib, qo‘yxonada bo‘lgan narxi 3.000.000 so‘mlik bir bosh qo‘yini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.
Namangan shahar IIO FMB 3-sonli IIB JQB katta tezkor vakili 1-sonli IIB JQB tezkor vakili hamda 3-sonli IIB HPG profilaktika inspektorlari tomonidan olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari natijasida ushbu jinoyatni Namangan shahrida yashovchi Namangan shahridagi maktabning 11-sinf o‘quvchisi R.P. va sinfdoshi S.B.lar sodir etganliklari aniqlangan.
Ushbu holat bo‘yicha Namangan shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan O‘z.R JKning 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyat IIB Axborot xizmati