18 May 2021 yil 370

Qo‘shnisini tunagan ayolga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Joriy yil 16 may kuni, Namangan tumanida yashovchi, 1970 yilda tug‘ilgan ayol ariza bilan murojaat qilib, shu yil 15 may kuni soat 10:00 larda, yashash uyida hech kim yo‘qligidan foydalangan noma'lum shaxs, yashash xonadoniga ochiq qolgan darvoza orqali kirib, xonadagi shkaf ichida bo‘lgan umumiy narxi 7.000.000 so‘mlik 5 dona ayollar tilla uzugi va 1 dona ayollar tilla zanjirini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.

Namangan tuman IIB TEQKB tezkor vakili va HPMB profilaktika inspektorlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni qo‘shnisi, Namangan tumanida yashovchi, 1994 yilda tug‘ilgan ayol sodir etganligi aniqlangan.

Ushbu holat bo‘yicha Namangan tuman IIB huzuridagi TB tomonidan O‘z.R JKning 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech