25 Avgust 2021 yil 353

Qo‘shnilarning janjali og‘ir jarohatga sabab bo‘ldi.

2021 yil 6 avgust kuni soat 22:30 larda, Norin tumanida yashovchi, 1980 yilda tug‘ilgan fuqaro, qo‘shnisi 1974 yilda tug‘ilgan ayolni yashash uyi oldida baqir-chaqir qilganligi uchun o‘zaro janjallashib, 1980 yilda tug‘ilgan fuqaro qo‘lida bo‘lgan tosh bilan ayolni yuz qismiga urib, tan jarohati yetkazgan.

Norin tuman STEBning 2021 yil 23 avgust kungi xulosasida, ayolning tan jarohati “Kalla suyagi yanoq ravog‘ini sinishi, chakka peshona choki biroz siljishi, o‘ng yanoq quloq o‘ng pastki jag‘ sohasi qontalashlari, bosh o‘ng chakka bo‘yin sohalari lat yeyishi” ko‘rinishida bo‘lib, qattiq o‘tmas buyum ta'sirida og‘irlik darajasiga ko‘ra hayot uchun xavfli bo‘lgan og‘ir tan jarohati ekanligi ko‘rsatilgan.

Ushbu holat bo‘yicha Norin tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 23 avgust kuni O‘z.R JKning 104-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech