6 Oktyabr 2020 yil
565
Qo‘shnilarning daraxt talashishi oqibatida ulardan biri og‘ir jarohat oldi.
Shu yil 5 oktyabr' kuni soat 09:30 larda Yangiqo‘rg‘on tumanida yashovchi fuqaro qo‘shnisi bilan yashash uyi oldidagi g‘aynoli daraxti unga tegishli ekanligini aytib, o‘zaro janjallashib, qo‘lida bo‘lgan mix qoqilgan yog‘och bo‘lagi (reka) bilan qorin sohasiga bir marotaba urib, og‘ir tan jarohati yetkazgan.
Yangiqo‘rg‘on TTBning ma'lumotnomasida, jabrlanuvchining qorin oldi qismida katta charvin yirtilgan ko‘rinishidagi jarohati borligi ko‘rsatilgan.
Ushbu holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan O‘z.R JKning 104-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati