15 May 2023 yil 390

Qoʻshni qiz oʻgʻri boʻlib chiqdi

2023-yil 13-may kuni Namangan shahrida yashovchi, 1990-yilda tugʻilgan ayol ariza bilan murojaat qilib, shu kuni soat 11:30 larda nomaʼlum shaxs, yashash uyi yotoqxonasidagi shkafda boʻlgan narxi 5.000.000 soʻmlik bir juft tilla zirak va bir dona uzugini oʻgʻirlab ketganlini maʼlum qilib, chora koʻrishni soʻragan.

Namangan shahar IIO FMB tezkor vakillari tomonidan olib borilgan qidiruv harakatlari natijasida ushbu jinoyatni arizachining 2003-yilda tugʻilgan qoʻshnisi sodir etganligi aniqlangan.

Mazkur holat boʻyicha shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan JKning 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech