13 Iyun 2023 yil 383

Qo‘shni o‘g‘ri bo‘lib chiqdi

2023-yil 8-iyun kuni Mingbuloq tumanida yashovchi, 1994-yilda tug‘ilgan ayol ariza bilan murojaat qilib, shu yil 28-may kunidan 8-iyun kuniga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida nomaʼlum shaxs, yashash uyiga eshik qulfini buzish yo‘li bilan kirib, xonada bo‘lgan umumiy narxi 3.000.000 so‘mlik uy-ro‘zg‘or buyumlarini o‘g‘irlab ketganligini maʼlum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.

Olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida ushbu jinoyatni, arizachining qo‘shnisi, 1970-yilda tug‘ilgan fuqaro sodir etganligi aniqlangan. Ashyoviy dalillar olingan.

Ushbu holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan JKning 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech