12 Avgust 2023 yil 571

Qo‘shmachi ayol jinoyat ustida qo‘lga tushdi

2023-yil 28-iyul kuni viloyat IIB TQX JQB tezkor vakillari tomonidan Davlatobod tumani hududida o‘tkazilgan “Oriyat” tadbiri davomida Namangan shahar Davlatobod tumanida yashovchi, 1978-yilda tug‘ilgan ayol 2007-yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan qizni Yangiqo‘rg‘on tumani Nanay dam olish maskanida jinsiy aloqa qilishlari uchun yuborish evaziga tadbir ishtirokchisidan 1.000.000 so‘m pullarni olgan vaqtida ushlangan. Ushbu holat bo‘yicha shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan JKning 131-moddasi 4-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech