7 Yanvar 2022 yil 477

Qo‘rqitish yo‘li bilan pul undirmoqchi bo‘lgan tovlamachi qo‘lga tushdi

2022 yil 4 yanvar kuni, Chortoq tumanida yashovchi, 1994 yilda tug‘ilgan fuqaro viloyat IIB boshlig‘i nomiga ariza bilan murojaat qilib, 2021 yil noyabr oyida, Chortoq tumanida yashovchi, 2001 yilda tug‘ilgan ayol bilan tanishib qolib, telefon orqali gaplashib yurganligini, 2021 yil 30 dekabr kuni, Chortoq tumanida yashovchi, 1992 yilda tug‘ilgan fuqaro unga qo‘ng‘iroq qilib, ayol uning shar'iy nikohida ekanligini aytib, uni Chortoq tuman markazida joylashgan bozor oldiga chaqirtirganligini, u yerga 3 nafar shaxslar bilan birga kelib, uni “Nima sababdan ayol bilan gaplashyapsan, seni mahallangga borib, sharmanda qilib, keyin o‘ldirib yuboramiz, agar 7.000.000 so‘m pul bersang, senga tegmaymiz” - deb, tovlamachilik yo‘li bilan undan pul talab qilayotganliklarini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.

Mazkur ariza yuzasidan shu kuni viloyat IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, Chortoq tumani markazidagi paynet shahobchasi oldida paynetchi, Chortoq tumanida yashovchi, 1993 yilda tug‘ilgan fuqaro 5.100.000 so‘m pullarni olgan vaqtida daliliy ashyolar bilan ushlanib, paynetchidan ushbu pullarni olish maqsadida kelgan fuqaro ham ushlangan.

Ushbu holat bo‘yicha Chortoq tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 6 yanvar kuni O‘z.R JKning 165-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech