Qorovul qurilish materiallarini o‘g‘irladi.
Joriy yil 27 oktyabr' kuni, Mingbuloq tumani Yoshlik mahallasida yashovchi, 1970 yilda tug‘ilgan fuqaro aloqa xati bilan murojaat qilib, shu yil 22 oktyabr' kunidan 27 oktyabr' kunigacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida noma'lum shaxs, Pop tumani Mustaqillik mahallasida joylashgan MChJga qarashli qurilishi tugallanmagan binosidan narxi 30.000.000 so‘mlik qurilish materiallarini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.
Tuman IIB TEQKB va JQB tezkor vakili tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni, shu MChJ qorovuli, Pop tumanida yashovchi, 1984 yilda tug‘ilgan fuqaro sodir etganligi aniqlangan. Daliliy ashyo olingan.
Ushbu holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan O‘z.R JKning 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati