Qorоvul o‘z ishxonasining darvozasini o‘g‘irladi.
Shu yilning 21 fevral' kuni, Uchqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1959 yilda tug‘ilgan fuqaro tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, unda shu yil 19 fevral' kunidan 21 fevral' kunigacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida noma'lum shaxs, narxi 15.000.000 so‘mlik 1 dona jamg‘arma darvozasini o‘g‘rilab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.
Namangan viloyati xududida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi va IIVning 2021 yil 20 fevraldagi qo‘shma farmoyishiga asosan o‘tkazilayotgan “Zarbdor oyligi” va “Antiterror-Tozalash” tadbirlari davomida, Namangan shahar IIO FMB 2-sonli IIB JQB tezkor vakillari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni jamg‘armada qorovul bo‘lib ishlovchi, Namangan shahrida yashovchi, 1971 yilda tug‘ilgan fuqaro sodir etganligi aniqlangan.
Ushbu holat bo‘yicha Namangan shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 23 fevral' kuni O‘z.R JKning 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati