28 Aprel 2022 yil
659
Qoramollarni dalada qarovsiz qoldirmang.
Bahor faslidan boshlab, qishloqlarda yashovchi aholi qoramollarini o‘z tomorqalari yoki o‘sha hududdagi yaylovlarda boqishni boshlaydi. Ko‘p hollarda chorva mollari yoki xonadonda parvarishlanayotgan kam miqdordagi sigir va buzoqlarni qarovsiz qoldirilishi, ularning yo‘qolishi yoki o‘g‘irlanishiga sabab bo‘ladi. Shu kabi holatlarni oldini olish maqsadida Yangiqo‘rg‘on tumani IIB xodimlari va chorvachilik bilan shug‘ullanuvchi aholi istiqomat qiladigan hududlardagi profilaktika inspektorlari tomonidan tushuntirish ishlari olib borilmoqda. Yer egalari va dalada mehnat qilayotgan yurtdoshlarimiz bilan birma-bir suhbatlashilib, ular bilan profilaktik suhbatlar o‘tkazilmoqda.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati.