31 Iyul 2021 yil 385

Qoramol uchun olingan kredit mashmashasi.

Joriy yil 10 iyul' kuni, Chust tumanida yashovchi, 1968 yilda tug‘ilgan ayol ariza bilan murojaat qilib, shu tumanida yashovchi, 1976 yilda tug‘ilgan fuqaro uning ishonchiga kirib, kredit olib berishini aytib, Chust tumanida joylashgan ta'minot bo‘limiga olib borib, qoramol yetaklagan holatda fotosuratga tushirib, kredit chiqquniga qadar ishlatib turish uchun 300 AQSh dollari olganligini so‘ng unga kredit chiqmaganligini aytib, o‘g‘lining nomiga noqonuniy ravishda kredit chiqarib olganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.Ushbu holat bo‘yicha Chust tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 30 iyul' kuni O‘z.R JKning 168-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech