19 May 2021 yil 352

“Qoradori-2021” tadbirida uyida “Ko‘knor” yetishtirayotgan fuqaro aniqlandi.

Joriy yil 12 may kuni o‘tkazilayotgan “Qoradori-2021” tadbiri davomida, To‘raqo‘rg‘on tuman IIB HPB profilaktika inspektori, JQB boshlig‘i va tezkor vakillari tomonidan, To‘raqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1938 yilda tug‘ilgan fuqaroning yashash xonadoni xolislar ishtirokida tekshirilganida, hovlisidagi ekinlari orasida 1 tup ko‘knor o‘simligini ekib, parvarishlayotganligi aniqlangan.
Namangan viloyati IIB EKBning xulosasiga ko‘ra, ushbu o‘simlik tarkibida giyohvand modda saqlovchi “Ko‘knor” o‘simligi ekanligi ko‘rsatilgan.
Ushbu holat bo‘yicha To‘raqo‘rg‘on tuman IIB huzuridagi TB tomonidan O‘z.R JKning 270-moddasi 1-qismi bilan jinoyati ishi qo‘zg‘atilgan.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech