4 Sentyabr 2021 yil 342

“Qoradori-2021” tadbiri davom etmoqda.

Joriy yil 30 avgust kuni o‘tkazilayotgan “Qoradori-2021” tadbiri davomida, Namangan tuman IIB HPMB profilaktika inspektori va JQB tezkor vakillari tomonidan, Namangan tumanida yashovchi, 1959 yilda tug‘ilgan fuqaroni yashash uyi xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida, hovlisidagi issiqxona ichida 1 tup ko‘kimtir rangli, o‘tkir hidli, nashasimon giyohvandlik moddasiga o‘xshash o‘simligini ekib, parvarishlayotganligi aniqlangan.

Namangan viloyat IIB EKBning xulosasiga ko‘ra, ushbu o‘simlik tarkibida giyohvand modda saqlovchi “Kannabis” o‘simligi ekanligi ko‘rsatilgan.

Ushbu holat bo‘yicha Namangan tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 3 sentyabr' kuni O‘z.R JKning 270-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech