23 Sentyabr 2020 yil 574

“Qoradori-2020” tadbiri natijasi

Shu yil 18 sentyabr' kuni o‘tkazilayotgan “Qoradori-2020” tadbiri davomida, tuman IIB va profilaktika inspektorlari tomonidan, Pop tumanida yashovchi, 1969 yilda tug‘ilgan fuqaroning yashash xonadoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida, yashash uyi omborxonasida 5 litrlik temir suv idishda 1 tup nasha o‘simligini ekib, parvarishlayotganligi aniqlangan.

Viloyat IIB EKBning xulosasiga ko‘ra, ushbu o‘simlik tarkibida giyohvand modda tetrogidrokannabinol saqlovchi, kannabis (nasha) o‘simligi ekanligi ko‘rsatilgan.

Ushbu holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2020 yil 22 sentyabr' kuni O‘z.R JKning 270-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech