“Qoradori-2020” tadbiri.
Shu yil 19 oktyabr' kuni o‘tkazilayotgan “Qoradori-2020” tadbiri davomida, To‘raqo‘rg‘on tuman IIB HPB profilaktika inspektorlari tomonidan soat 23:30 larda tuman hududida bemaqsad yurgan fuqaro yoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida, egnida bo‘lgan sport kiyimi old chap cho‘ntagidan oq qog‘ozga o‘ralgan, quruq xoldagi maydalangan, o‘tkir xidli, giyoxvand moddasiga o‘xshash modda borligi aniqlanib, tekshirib ko‘rish uchun tuman IIBga olingan.
Namangan viloyati IIB EKBning xulosasiga ko‘ra, ushbu moddaning sof og‘irligi 5,41 gramm bo‘lgan “Marixuana” giyoxvandlik moddasi ekanligi ko‘rsatilgan.
Ushbu holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2020 yil 2 noyabr' kuni O‘z.R JKning 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati