9 Fevral 2021 yil 225

Qora molni o‘g‘irlagan shaxs qo‘lga olindi.

2021 yil 8 fevral' kuni, Pop tumanida yashovchi, 1984 yilda tug‘ilgan ayol ariza bilan murojaat qilib, shu yil 1 fevral' kuniga o‘tar kechasi noma'lum shaxs, yashash hovlisiga devori o‘ralmagan joyidan kirib, molxonasida bo‘lgan narxi 10.000.000 so‘mlik bir bosh molini o‘g‘rilab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.

Pop tuman IIB JQB tezkor vakillari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni, Pop tumanida yashovchi, 1991 yilda tug‘ilgan fuqaro sodir etganligi aniqlangan.

Ushbu holat bo‘yicha Pop tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 8 fevral' kuni O‘z.R JKning 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Namangan viloyat IIB Axborot xizmati

Text to speech