Qora doriga qarshi kurash tadbirlari natijasi.
Shu 13 noyabr' kuni o‘tkazilayotgan “Birdamlik 2020” tadbiri davomida, viloyat IIB PPXvaJTSB PPXB 2-otryad komandirining o‘rinbosari va safdor xodimlarining bergan xabariga ko‘ra, Kosonsoy tuman IIB HPB profilaktika inspektori JQB tezkor vakillari tomonidan Kosonsoy tumanida yashovchi, 1970 yilda tug‘ilgan fuqaroni yashash xonadoni xolislar ishtirokida tekshirilganida, yashash uyida 2 dona oq qog‘ozga o‘ralgan, o‘tkir hidli, ko‘kimtir rangli, moddalarni saqlab kelayotganligi aniqlanib, tekshirib ko‘rish uchun tuman IIBga olingan.
Namangan viloyat IIB EKBning xulosasiga ko‘ra, ushbu moddalarning sof og‘irligi 27,38 gramm “Marixuana” giyohvandlik moddasi ekanligi ko‘rsatilgan.
Ushbu holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2020 yil 24 noyabr' kuni O‘z.R JKning 276-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Shu kuni Chortoq tuman IIB TEQKB tezkor vakili tomonidan, Chortoq tumanida yashovchi, 1973 yilda tug‘ilgan fuqaroni yashash uyida tintuv tergov harakatlari o‘tkazilganida, yashash uyi tom qismidan, quritilgan holatdagi 4 tup ko‘kimtir rangli, o‘tkir xidli giyohvand moddasiga o‘xshash o‘simlik hamda 4 tupdagi quruq holdagi barglari va urug‘lari sidirilgan giyohvand moddasiga o‘xshash o‘simliklar novdalari borligi aniqlanib, tekshirib ko‘rish uchun tuman IIBga olingan.
Namagan viloyati IIB EKBning xulosasiga ko‘ra, birinchi o‘ramdagi moddaning sof og‘irligi 626,11 gramm bo‘lgan “Marixuana” giyohvandlik moddasi ekanligi, ikkinchi o‘ramdagi moddaning sof g‘irligi 500,54 gramm bo‘lgan “Kannabis” (nasha) o‘simligi ekanligi ko‘rsatilgan.
Ushbu holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2020 yil 23 noyabr' kuni O‘z.R JKning 276-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
17 noyabr' kuni Mingbuloq tuman IIB JQB tezkor vakillari tomonidan tumanda yashovchi, 1982 yilda tug‘ilgan fuqaroni yashash uyi xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida, xonada bo‘lgan yog‘och sandiq ichidan o‘tkir hidli, ko‘kimtir rangli, giyohvand moddasiga o‘xshash modda borligi aniqlanib, tekshirib ko‘rish uchun tuman IIBga olingan.
Namangan shahar IIO FMB EKBning xulosasiga ko‘ra, ushbu moddaning sof og‘irligi 160.04 gramm bo‘lgan “Marixuana” giyohvandlik moddasi ekanligi ko‘rsatilgan.
Ushbu holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2020 yil 23 noyabr' kuni O‘z.R JKning 276-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
24 noyabr' kuni Mingbuloq tuman hududida o‘tkazilgan “Tintuv” tadbiri davomida, viloyat IIB PPXvaJTSB PPXB 1-otryad safdor xodimlari tomonidan olingan ma'lumotga asosan, shu yil 17 noyabr' kuni, Mingbulok tumanida yashovchi, 1971 yilda tug‘ilgan fuqaroni yashash xonadonida tintuv tergov harakatlari o‘tkazilganda, yashash xonadonidagi gilam tagidan va yotoqxonasidagi to‘shak tagidan o‘tkir hidli, ko‘kimtir rangli moddalar borligi aniqlanib, xolislar ishtirokida tekshirib ko‘rish uchun tuman IIBga olingan.
Namangan shahar IIO FMB EKB ning xulosasiga ko‘ra, ushbu moddalarning umumiy sof og‘irligi 2,97 gramm “Marixuana” giyohvandlik moddasi ekanligi ko‘rsatilgan.
Ushbu holat bo‘yicha tumani IIB huzuridagi TB tomonmidan 2020 yil 24 noyabr' kuni O‘z.R JKning 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati