Qonundan qochganlar hibsga olindi.
Shu yil 5 dekabr' kuni IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan “Qidiruv” tadbiri davomida, O‘z.R JKning 168-moddasi 4-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etib, qidiruvda bo‘lgan, 1990 yilda tug‘ilgan fuqaroni Namangan viloyati IIB MvaFRB katta inspektori va Yangiqo‘rg‘on tumani IIB JQB tezkor vakillari tomonidan Namangan tumani katta Toshbuloq mahallasidan ushlanib, viloyat IIB 6-THga joylashtirilgan.
6 dekabr' kuni o‘tkazilayotgan “Qidiruv” tadbiri davomida, O‘z.R JKning 168-moddasi 3-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etib, qidiruvda bo‘lgan, Andijon shahrida yashagan, 2005 yilda O‘z.R JKning 97-moddasi 2-qismi bilan sudlangan, 1980 yilda tug‘ilgan fuqaroni O‘z.R IIV JQBB katta tezkor vakillari va Toshkent shahar IIBB JQB xodimlari tomonidan Toshkent shahar Shayxontohur tumani hududidan ushlanib, Namangan shahar IIO FMB VSHga joylashtirilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati