18 Avgust 2021 yil
365
Qarovsiz qoldirilgan velosiped o‘g‘irlab ketildi.
2021 yil 14 avgust kuni soat 18:00 larda, Namangan shahrida yashovchi, 1986 yilda tug‘ilgan ayol ariza bilan murojaat qilib, shu kuni soat 18:00 larda noma'lum shaxs, yashash uyi oldida qarovsiz qoldirilgan narxi 1.500.000 so‘mlik velosipedini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.
Namangan shahar IIO FMB 2-sonli IIB JQB tezkor vakillari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni, Namangan shaxrida yashovchi, 1974 yil tug‘ilgan fuqaro sodir etganligi aniqlangan.
Ushbu holat bo‘yicha Namangan shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 16 avgust kuni O‘z.R JKning 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati