9 Yanvar 2021 yil 520

“Qo‘l jangi” viloyat birinchiligida faxrli o‘rinlarni egallaganlar taqdirlandi.

Ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan xodimlarning jangovor shayligi, jismoniy tayyorgarligini sinovdan o‘tkazish, ularda sportga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirish maqsadida tizimda turli musobaqalar muntazam tarzda o‘tkazib kelinmoqda.

Namangan viloyati IIB boshlig‘ining buyrug‘iga asosan 25-26 dekabr' kunlari ichki ishlar organlari xodimlari o‘rtasida sportning “Qo‘l jangi” turi bo‘yicha viloyat birinchiligi musobaqasi o‘tkazildi.

Unda jami 125 nafar sportchi xodimlar ishtirok etishdi. 65, 70, 75, 80, 85, 90 kilogramm vazn toifasida o‘tkazilgan musobaqa qizg‘in kurashga boy o‘tdi. Viloyat birinchiligi yakuniga ko‘ra g‘oliblar aniqlanib ularga boshqarmaning medal va qimmatbaho sovg‘alari tantanali topshirildi.

Bu kabi musobaqalar xodimlarda jangovor ruhni jonlantirish bilan bir qatorda ularning o‘z kasbiga bo‘lgan mas'uliyatini ham oshirishga xizmat qiladi. O‘ylaymizki g‘oliblar bu g‘alaba bilan cheklanib qolishmaydi va bundanda yuqori marralarni zabt etishadi.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech