21 Dekabr 2020 yil
430
Tamaki qog‘oziga o‘ralgan "Gashish"
2020 yil 16 dekabr' kuni Namangan viloyat IIB JQB tezkor vakillari tomonidan o‘tkazilgan “Nazorat xarid” tadbiri davomida, Namangan shahar Davlatobod tumanida yashovchi, 1990 yilda tug‘ilgan fuqaro, Namangan shahar Davlatobod tumani hududida tadbir ishtirokchisiga 250.000 so‘m pul evaziga sigareta qog‘oziga o‘ralgan, o‘tkir xidli, ko‘kimtir rangli moddani sotgan vaqtida ushlangan.
Namangan viloyat EKBning xulosasiga ko‘ra, ushbu moddaning sof og‘irligi 0,67 gramm bo‘lgan “Gashish” giyohvandlik moddasi ekanligi ko‘rsatilgan.
Ushbu holat bo‘yicha Namangan shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan 2020 yil 18 dekabr kuni O‘z.R JKning 273-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati