2 Yanvar 2021 yil 482

Qochqindagi shaxslar hibsxonaga joylashtirildi.

2020 yil 30 dekabr' kuni O‘z.R JKning 168-moddasi 3-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etib, yashirinib yurgan, 1984 yilda tug‘ilgan fuqaroni Uychi tuman IIB JQB tezkor vakillari tomonidan Uychi tumani markazidan ushlanib, viloyat IIB 6-sonli THga joylashtirilgan.

31 dekabr' kuni o‘tkazilayotgan “Tong” tadbiri davomida, O‘z.R JKning 168-moddasi 3-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etib, qidiruvda bo‘lgan, 2000 yilda tug‘ilgan fuqaro Namangan shahar IIO FMB JQB tezkor vakillari va shahar IIO FMB TEQKB tezkor vakillari tomonidan Namangan shahar Farovon ko‘chasidan ushlanib, shahar IIO FMB VSHga joylashtirilgan.

Huddi shu kuni o‘tkazilgan yana bir “Tong” tadbiri davomida, O‘z.R JKning 127-moddasi 3-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etib, qidiruvda bo‘lgan, Namangan shahrida yashagan, 2019 yilda O‘z.R JKning 164-moddasi 2-qismi va 166-moddasi 3-qismi bilan sudlangan, 2000 yilda tug‘ilgan fuqaro viloyat IIB JQB tezkor vakili va shahar IIO FMB Probasiya bo‘linmasi inspektorlari tomonidan Namangan shahar Boburshoh ko‘chasidan ushlanib, shahar IIO FMB VSHga joylashtirilgan.

 

Namangan viloyat IIB Axborot xizmati

Text to speech