28 Noyabr 2020 yil 483

Qochqindagi jinoyatchilar ushlandi.

Shu yil 22 noyabr' kuni IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilayotgan “Qidiruv” tadbiri davomida,
O‘zbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 3-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etib, tergov idoralaridan yashirinib yurgan 1991 yilda tug‘ilgan fuqaroni Namangan shahar IIO FMB JQB tezkor vakillari tomonidan shahardagi 1-kichik tuman hududidan ushlanib, Namangan shahar IIO FMB VSHga joylashtirilgan.

 

23 noyabr' kuni o‘tkazilayotgan “Qidiruv” tadbiri davomida, O‘z.R JKning 223-moddasi 2-qismida ko‘rsatilgan jinoyatlarni sodir etib qidiruvda bo‘lgan 1982 yilda tug‘ilgan fuqaroni Namangan shahar IIO FMB JQB katta tezkor vakillari tomonidan Namangan shahar Chorsu dehqon bozori hududidan ushlangan.

 

24 noyabr' kuni o‘tkazilayotgan “Qidiruv” tadbiri davomida, O‘z.R JKning 169-moddasi 3-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etib qidiruvda bo‘lgan, 2018 yilda O‘z.R JKning 169-moddasi 3-qismi bilan sudlangan fuqaroni Uchqo‘lg‘on tuman IIB JQB tezkor vakillari va TB tergovchisi tomonidan Namangan shahar hududida yurganligi aniqlanib, Namangan shahar IIO FMB VSHga joylashtirilgan.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech