15 Dekabr 2021 yil
539
Qimorxona faoliyatiga chek qo‘yildi
Shu yil 7 dekabr' kuni soat 19:00 larda, Yangiqo‘rg‘on tuman IIB xodimlari tomonidan, Yangiqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1964 yilda tug‘ilgan fuqaro yashash uyida 3 nafar mahalladoshlariga o‘rtaga pul tikib, qimor o‘ynashlari uchun sharoit yaratib berganligi va o‘zi ham ular bilan birga qimor o‘ynab, qimorxona tashkil etganligi aniqlangan.
Ushbu holat bo‘yicha Yangiqo‘rg‘on tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 13 dekabr' kuni O‘z.R JKning 278-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati