2 Oktyabr 2021 yil 396

Qimorga sharoit yaratgan shaxsga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

2021 yil 10 sentyabr' kuni, Chust tumanida yashovchi, 2000 yilda tug‘ilgan fuqaro, Chust shahrida yashovchi, 1962 yilda tug‘ilgan ayolning nomida bo‘lgan noturar bino yerto‘lasini ijaraga olib, “Chust tezkor lotto” MChJ nomidan fuqarolarni o‘rtaga pul tikib, qimor o‘ynashlari uchun sharoit yaratib berganligi aniqlangan.

Ushbu holat bo‘yicha Chust tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 29 sentyabr' kuni O‘z.R JKning 278-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech