14 May 2021 yil
394
Qimor uchun sharoit yaratib bergan shaxsga jinoiy ish qo‘zatildi.
2021 yil 9 may kuni, Chust tuman IIB JQB tezkor vakillari tomonidan, Chust shahrida yashovchi, 1974 yilda tug‘ilgan fuqaro yashash xonadonida 6 nafar mahalladoshlarini qimor o‘ynashlari uchun sharoit yaratib berib, ulardan jami 180.000 so‘m pullarni cho‘tal sifatida olganligi aniqlangan.
Ushbu holat bo‘yicha Chust tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 11 may kuni O‘z.R JKning 278-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati