Qimmatbaho taqinchoqlar firibgar qo‘liga tushdi
2021 yil 15 noyabr kuni, Namangan shahrida yashovchi, 1990 yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, shu yil 26 avgust kuni, Namangan shahrida yashovchi, shu yil iyul' oyida O‘z.R JKning 168-moddasi 3-qismi bilan sudlangan, 1982 yilda tug‘ilgan fuqaro uni ishonchiga kirib, Namangan shahrida joylashgan tilla-taqinchoqlar bozorida narxi 13.200.000 so‘mlik tilla uzuk va trossini sotib olishga kelishib, pulini kechqurun berishini aytib, tilla-taqinchoqlarini boshqa shaxsga sotib yuborib, pullarni ehtiyojlari uchun ishlatib yuborganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.
Ushbu holat bo‘yicha Namangan shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 26 noyabr kuni O‘z.R JKning 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati