11 Yanvar 2021 yil 439

Qilmishidan pushaymon bo‘lmagan shaxs qayta jinoyat yo‘liga kirdi.

Joriy yil 9 yanvar' kuni, Namangan shahrida yashovchi, 1963 yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, shu yil 9 yanvar' kuniga o‘tar kechasi o‘ziga tegishli savdo do‘koniga noma'lum shaxs, eshik qulfini buzish yo‘li bilan kirib, do‘konda bo‘lgan narxi 2.500.000 so‘mlik “Lenova” nomli noutbuk va 600.000 so‘m pullarni o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.

Namangan shahar IIO FMB TEQKB boshlig‘i o‘rinbosari va 2-sonli IIB JQB tezkor vakillari tomonidan olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni, Namangan shahrida yashovchi, 2020 yil 18 mart kuni O‘z.R JKning 169-moddasi 3-qismi bilan sudlangan, 2004 yilda tug‘ilgan fuqaro sodir etganligi aniqlanib, O‘z.R. JPKning 221-moddasi tartibida ushlangan.

Ushbu holat bo‘yicha Namangan shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 10 yanvar' kuni O‘z.R JKning 169-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech