Qidiruvdagilar ushlandi.
Shu yil 10 dekabr' kuni JQB xodimlari tomonidan o‘tkazilayotgan “Qidiruv” tadbiri davomida O‘z.R JKning 168-moddasi 3-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etib, qidiruvda bo‘lgan, shu yil mart oyida O‘z.R JKning 168-moddasi 2-qismi bilan sudlangan fuqaroni tuman IIB JQB tezkor vakili, TEQKB tezkor vakili va HPB profilaktika inspektorlari tomonidan Chust tumani Guliston MFY hududidan ushlanib, Pop tuman IIB VSHga joylashtirilgan.
11 dekabr' kuni o‘tkazilayotgan “Qidiruv” tadbiri davomida, O‘z.R JKning 169-moddasi 2-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etib, qidiruvda bo‘lgan, Chortoq tumanida yashagan, 1989 yilda tug‘ilgan fuqaroni Chortoq tumani IIB HPB profilaktika inspektori tomonidan Toshkent shahridan ushlangan.
12 dekabr' kuni o‘tkazilayotgan “Qidiruv” tadbiri davomida O‘z.R JKning 169-moddasi 2-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etib, qidiruvda bo‘lgan, Namangan shahrida yashovchi, 1997 yilda tug‘ilgan fuqaroni viloyat IIB JQB tezkor vakili va Uchqo‘rg‘on tumani IIB JQB tezkor vakillari tomonidan Namangan shahar Guliston MFY Guliston-3 ko‘chasidan ushlanib, 6-sonli Tergov hibsxonasiga joylashtirilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati